17 yoshli shaxs do‘konga o‘g‘irlikka tushdi
Shu yil 9 dekabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi Kosonsoy tumani mahallasi hududidagi dehqon bozorida joylashgan savdo do‘koniga noma'lum shaxs, kirish eshigi oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, do‘konda bo‘lgan 200.000 so‘m pullarini, parfyumeriya mahsulotlari, bir nechta shirinliklarini hamda telefon naushniklarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektori hamda JTSG kinologlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati