16 yoshli yigitlar 17 million so‘mlik telefonlarni o‘marishdi.
Joriy yil 27 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, 13 mart kuni soat 21:30 dan 14 mart kuni soat
07:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Norin tumanida yashovchi, yakka tartibdagi tadbirkorning telefon aksessuarlari do‘koniga kirish eshigi oynasini sindirish yo‘li bilan ochib kirib, do‘konda bo‘lgan umumiy narxi 17.000.000 so‘mlik turli-xil rusumdagi 17 dona uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi 2 nafar 16 yoshli yigitlar ekanligi aniqlanib ulardan daliliy ashyolar olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati