16 yoshli yigit velosiped o‘g‘irladi.
Shu yil 8 noyabr' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Namangan shahar Davlatobod tumanida qarovsiz qoldirgan narxi 1.500.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati