24 Mart 2021 yil
391
16 yoshli bola o‘g‘irlik sodir etdi.
Joriy yil 21 mart kuni soat 02:00 larda, tungi guruhda xizmat olib borayotgan, tuman IIB HPB TP profilaktika inspektorlari tomonidan, Namangan tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan tumani hududida joylashgan kasb-hunar maktabining talabasi, 2004 yilda tug‘ilgan bola, Namangan tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayolning savdo do‘koni eshigini buzib kirib, umumiy narxi 249.000 so‘mlik oziq-ovqat va parfyumeriya mahsulotlari hamda 308.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketayotganida ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati