Namangan viloyati IIB binosida viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi Sh. Abdurazzoqov, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Sh. Aliyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, mustaqil boshqarmalar, sohaviy xizmat rahbarlari, masʼul xodimlar, IIV 7552 va 7254-son harbiy qism komandirlari hamda aloqador tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Dastlab boshqarma boshlig‘i so‘z olib, kun tartibiga kiritilgan bir qator masala bo‘yicha qisqacha maʼlumot berdi. Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari joriy yil aprel oyining o‘tgan 15 kunida viloyat ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi taqdimoti bilan tanishtirdi.
Shuningdek, Patrul-post xizmati, Yo‘l harakati xavfsizligi sohasi, huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida olib borilgan ishlar hamda ularning amaliy natijasi bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, JXX boshlig‘i batafsil maʼlumot berdi.
Bundan tashqari, Ichki ishlar organlaridagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari hamda ish sifatini yanada oshirish uchun boshqarma moddiy texnik bazasini yaxshilash masalasi ko‘rib chiqilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.