150 ming so‘mga “Gashish” sotayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Joriy yil 23 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro Yangitong MFY hududida tadbir ishtirokchisiga 150.000 so‘m pul evaziga o‘tkir hidli to‘q jigarrang ko‘rinishdagi giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotayotgan vaqtida ushlangan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,29 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati