15 yoshli o‘quvchi o‘g‘irlik sodir etdi
2021 yil 24 noyabr kuni, Chust shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 20 noyabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Chust shahrida joylashgan telefon apparatlarini ta'mirlash ustaxonasiga eshikni buzish yo‘li bilan kirib, ustaxonada bo‘lgan narxi 850.000 so‘mlik “Samsung A5” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari va TB tergovchisi hamda EKG ekspertlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 24 noyabr kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati