25 Sentyabr 2021 yil 391

14.880.000 so‘mlik g‘aynoli mevalarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.

2021 yil 31 avgust kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 15 avgust kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan va Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqarolar uni ishonchiga kirib, jami 3.720 kg. bo‘lgan g‘aynoli mevalarini 14.880.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini bir kunda berishini aytib, g‘aynoli mevalarini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Bundan tashqari, fuqaro shu yil 17 avgust kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroning ham 29.700.000 so‘mlik g‘aynoli mevalarini sotib olib, pullarni bir kunda berishini aytib, g‘aynoli mevalarini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 24 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2,3-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech