10 Yanvar 2024 yil 2805

“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Namangan viloyati O‘lkashunoslik muzeyida “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” nomli tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 10-yanvar kuni faxriylar, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari, o‘quvchi yoshlar ishtirokida Namangan shahar hududida joylashgan O‘lkashunoslik muzeyida “Madlar qo‘riqlaydi vatanni” nomli tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning kirish qismida Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari tomonidan xizmat-jangovar avtomashinalar hamda xizmatda foydalanilayotgan qurol-aslaxalarni vazifasi, funksiyalari, yaratilish tarixi mutaxassis xodimlar tomonidan yoshlarga tushuntirib o‘tildi.

Tadbirda, ikkinchi jaxon urushi yillarida qaxramonlik ko‘rsatgan faxriylar tomonidan urush yillaridagi qiyinchiliklar va og‘ir kunlar haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga IIV Namangan Akademik litseyi o‘quvchilarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilib, viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining hamda Maktab o‘quvchilari bayram tabriklari yo‘llandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech