14 Noyabr 2020 yil 523

14 millionlik mol o‘g‘risi ushlandi.

Shu yil 7 noyabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni kechasi noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumani hududidagi dala maydonidan narxi 14.000.000 so‘mlik 2 bosh mollarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Yangiqo‘rg‘on tumani IIB HPB profilaktika inspektori va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 13 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech