135 o‘ramdagi materiallar va kuzatuv kamera xotirasini o‘g‘irlab ketgan shaxs IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Joriy yil 3 may kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 20 aprel' kunidan shu kunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Namangan tumanida joylashgan MChJ omborxonasidan 135 ta o‘ramdagi umumiy narxi 15.000 AQSh dollari bo‘lgan joynamoz materiallarini hamda kuzatuv kamerasi xotirasini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan tuman IIB JQB boshlig‘i va EKB katta eksperti tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati