29 Oktyabr 2020 yil 437

127 500 000 so‘mlik jonivorlarni o‘zlashtirib olgan firibgarga qonuniy chora ko‘rildi.

Joriy yil 24 sentyabr' kuni Uychi tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 29 iyun' kuni tanishi uning ishonchiga kirib, 9 bosh mollarini hamda 2 bosh qo‘yini 127.500.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini 10.07.2020 yil kuni to‘liq berishini aytib, xayvonlarini olib ketib, boshqa shaxslarga sotib yuborib, pullarni hozirgi kunga qadar bermaganligini ma'lum qilgan va chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech