15 Sentyabr 2021 yil
340
12 million so‘mlik ot hayvoni o‘g‘irlab ketildi.
2021 yil 12 sentyabr' kuni, Chust shahrida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 8 sentyabr' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Chust tumani hududida joylashgan o‘ziga tegishli dala bog‘idan narxi 12.000.000 so‘mlik bir bosh otini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati