9 Fevral 2021 yil
395
12 bosh echkining narxi 3.500.000 so‘mga baholandimi?
2021 yil 29 yanvar' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 10 oktyabr' kuni tanishi, Chust tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro uni aldab, ishonchiga kirib, uning yashash uyiga kelib, unga tegishli bo‘lgan 12 bosh echkilarini 15.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, shu kuni kelishilgan puldan 3.500.000 so‘mini berib, qolgan 11.500.000 so‘m pullarni yashash uyimdan olib beraman deb, echkilarni olib ketib, hozirgi kunga qadar aldab kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 fevral' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati