11 qop mosh o‘g‘irlab ketildi.
Shu yil 6 noyabr' kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyiga ko‘cha tomonida bitmagan uyining derazasi orqali oshib kirib, darvozaxonasida bo‘lgan narxi 4.675.000 so‘mlik 11 dona qopdagi moshini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Uchqo‘rg‘on tuman IIB JQB boshlig‘i va katta tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati