8 Iyul 2021 yil 251

“102” ga yolg‘on xabar berdi.

2021 yil 5 iyun' kuni soat 15:00 larda, Uychi tumanida yashovchi, 1979 yilda  tug‘ilgan fuqaro yashash uyi oldida Kobalt rusumli avtomashinasini qoldirib, ushbu avtomashinani 1986 yilda tug‘ilgan ukasi boshqarib ketganligini bila turib, u bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan kelishmovchilik sabab, Namangan viloyat IIBning “102” markazlashgan raqamiga qo‘ng‘iroq qilib avtomashinasini noma'lum shaxs olib qochib ketganligi to‘g‘risida yolg‘on xabar bergan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Kobalt rusumli avtomashinasini ukasi boshqarib ketganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 iyul' kuni O‘z.R JKning 237-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech