22 Noyabr 2020 yil
540
100 ming so‘mlik 0,48 gramm “Gashish”
Shu yil 5 noyabr' kuni shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi fuqaro 19 yoshli tanishiga 100.000 so‘m pul evaziga sigaret qog‘oziga o‘ralgan, o‘tkir xidli, ko‘kimtir rangli moddani sotgan vaqtida ushlangan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,48 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 noyabr' kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati