15 Fevral 2021 yil 224

100 million so‘mlik 8 bosh molning pulini bermay kelayotgan shaxslarga jinoiy ish ochildi.

Joriy yil 11 fevral' kuni, Chortoq tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 3 noyabr' kuni 2 nafar tanishi uning ishonchiga kirib, 8 bosh mollarini 100.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini 2020 yil 30 noyabr' kuniga qadar berishini aytib, mollarni olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech