23 Fevral 2021 yil 387

1 million so‘mlik velosipedni 3 kishi o‘g‘irlab ketdi.

Joriy yil 18 fevral' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu  kuni soat 19:30 larda noma'lum shaxs, yashash xonadonining kirish zinasida qarovsiz qoldirgan narxi 1.000.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tuman IIB JQB xodimlari tomonidan  olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari davomida, ko‘p qavatli yashash uyning tashqi tomoniga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi ko‘zdan kechirilganda, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech