16 Fevral 2021 yil
389
1 million evaziga 1,96 gramm “Gashish”
Joriy yil 8 fevral' kuni Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat-xarid” tadbiri davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyi oldida tadbir ishtirokchisiga 1.000.000 so‘m pul evaziga qora rangli sellofan paketga o‘ralgan, 1 bo‘lak, jigarrang, o‘tkir hidli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotayotgan vaqtida ushlangan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning hulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 1,96 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi qo‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati