14 Noyabr 2020 yil 666

1 900 000 so‘mlik chaqaloq.

Shu yil 23 oktyabr' kuni Chortoq tumani IIB TEQKB tezkor vakili va Namangan shahar IIO FMB TEQKB xodimlari bilan hamkorlikda olingan tezkor ma'lumotga asosan, Chortoq tumanida yashovchi, turmushga chiqmagan, 1999 yilda tug‘ilgan ayol 2020 yil 18 may kuni dunyoga keltirgan qiz chaqalog‘ini shu kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaroga 1.900.000 so‘mga sotib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 3 noyabr' kuni O‘z.R JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech