14 Sentyabr 2021 yil 332

1 500 000 so‘mlik velosiped o‘g‘irlab ketildi.

2021 yil 10 sentyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 8 sentyabr' kuni soat 13:00 larda, Namangan shahar hududida joylashgan “Baliq va qushlarga oziq-ovqat sotish” do‘koni oldida narxi 1.500.000 so‘mlik velosipedini qarovsiz qoldirib ketganligidan foydalangan noma'lum shaxs, velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech