12 May 2025 yil 392

Toʻraqoʻrgʻon tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati

 

Assalomu alaykum hurmatli tumanimiz fuqarolari, aziz yurtdoshlar!

 

Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ–1-son qarori mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha mutlaqo yangicha ishlash tizimi boʻldi.

Barcha darajadagi rahbarlarga “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi.

Mahalla – tuman darajasida “yoʻl xarita”lar ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

Qaror talablaridan kelib chiqib, 2024-yilda kriminogen vaziyati ogʻir deb topilgan va qizil hudud boʻlgan 8 ta mahallalarga manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla–tuman–tuman darajasidagi hokim, prokuror, soliq, Milliy gvardiya, Ichki ishlar (8-nafar)  masʼul rahbarlar biriktirilib, sohaviy javobgarligi yuklatildi.

Ijtimoiy profilaktika yoʻnalishi boʻyicha:

Taʼkidlash joizki soʻngi yillarda mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish masalasiga alohida etibor qaratilmoqda.

Mahallalarda mavjud muammolarning joyida manzilli hal etilishi uchun ijtimoiy profilaktika tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Xususan, Toʻraqoʻrgʻon tumanida profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan 1 278 nafar shaxslarga xulosalar berilib, mavjud muammolarini mahalla yettiligi tomonidan hal etilishi taʼminlanmoqda.

Bugungi kunda ijtimoiy profilaktik tadbirlari amalga oshirilishi oʻzining ijobiy natijasini berib, jinoyat sodir etilishini oldini olishga samarali xizmat qilmoqda.

Tumanimizdagi  67  ta mahallalardan 47 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi, 17 ta mahallalar sariq, 3 ta mahallalar qizil toifaga kiritildi.

 

Hurmatli yurtdoshlar,

 

Jinoyatlarning eng koʻp sodir etilayotgan turlari, uning kelib chiqish sabab va omillariga toʻhtalib oʻtsam.

Oʻgʻirlik jinoyati boʻyicha:

Joriy yilda tuman hududida 19 ta oʻgʻirlik jinoyatlari qayd etildi.

Mazkur jinoyatlar,

-6 tasi xonadonlarda,

-4 tasi savdo yoki hizmat koʻrsatish obyektlarida,

-1 tasi hayvon oʻgʻirligi,

-1 tasi kissavurlik,

-3 tasi avtomashinalarda,

-1 tasi telefon oʻgʻirliklari,

-3 tasi boshqa turdagi oʻgʻirliklarni tashkil qilgan.

Bundan koʻrinmoqdaki, oʻgʻirlik jinoyatini kelib chiqishiga oʻzimiz ham befarq ekanligimiz, shaxsiy mulklarimizga ehtiyot boʻlmasligimiz oqibatida jinoyatchilarga sharoit yaratib berilayotganligi yaыыol nomoyon boʻlmoqda.

Endi, oʻzimizga bir savol beraylik, jinoyatga oʻzimiz ham sharoit yaratib bermayapmizmi muloxazalarimizga yana bir misol?

Transport vositasini olib qochish boʻyicha:

Joriy yilda tumanda 1 ta transport vositasini olib qochish jinoyatlari sodir etilgan.

Jinoyatlarning 1 tasi avtomashinalarni ochiq holatda va kaliti oʻzida qoldirganligi oqibatida yuzaga kelgan.

Firibgarlik jinoyati boʻyicha:

Joriy yilda tuman hududida 5 ta firibgarlik jinoyatlari qayd etildi.

Ushbu jinoyatlar fuqarolar oson va tez daromad topishga intilishlari, uy — joy, avtomashina va boshqa mulklarini oldi-sotdisida xuquqiy hujjatlarsiz munosabatlarga kirishishlari oqibatida sodir etilmoqda.

Yuqoridagi holatlardan koʻrinmoqdagi, fuqarola-rimizning oʻzlari bila turib firibgarlik qurboniga aylanmoqdalar.

Oʻtkazilgan “Tigʻ” tadbirlar jarayonida 37 ta holatlarda fuqarolar tigʻli jismlarni yonlarida olib yurganliklari aniqlanib, tegishli tartibda choralar koʻrilgan.

Shu oʻrinda, sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq holda olib yurish, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (1852) moddalarida taqiqlangan.

Giyohvandlik boʻyicha

Muhim yoʻnalishlardan biri giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishdir.

Tumanda hamkor tashkilotlari bilan birgalikda giyohvandlik illatiga qarshi kurashish va uni yoshlar orasida keng tarqalishini oldini olish boʻyicha bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz.

Olib borilgan tadbirlar natijasida 11 ta jinoiy holatlar aniqlanib, 430 gram.dan ortiq giyohvandlik moddalarning noqonuniy muomilasiga chek qoʻyildi.

Mazkur holatlar boʻyicha 11 nafar shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Aniqlangan giyohvandlik moddalar muomilaga chiqqanida 2.700 nafardan ortiq fuqarolar zaharlanishi mumkin edi.

Albatta bir narsani unutmasligimiz kerak, talab boʻlmasa taklif ham boʻlmaydi.

Barchamiz bunga masʼul boʻlib, jamiyatimizda giyohvandlik vabosini oldini olish bilan shugʻullanmasak, kelajak avlod taqdiriga befarq boʻlgan boʻlamiz.

Bu illatga qarshi barchamiz birgalikda kurashimiz shart va lozim deb hisoblayman.

Kiber jinoyati boʻyicha:

Bugungi rivojlangan davrda Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlar (yaʼni kiberjinoyatlar) keskin ortib bormoqda.

Bu turdagi jinoyatlarning oʻziga xos tomoni shundaki, jinoyatni sodir etayotgan shaxs uchun chegara va masofa toʻsqinlik qilmaydi, jinoyatchi qisqa fursatda oʻnlab, hatto yuzlab fuqarolarni jabrlanuvchiga aylantiradi.

Joriy yilda bu yoʻnalishdagi jinoyatlar umumiy sodir etilgan jinoyatlarning 29,2 foizini (28 ta) tashkil etmoqda.

Mazkur jinoyatlarning 86 foizi (24 tasi) plastik kartalardan mablagʻlarini oʻgʻirlik holatda va 10.6 foizi (3 tasi) firibgarlik yoʻli bilan talon- toroj qilgan.

3.6 foizi (1 tasi) Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish orqali sodir etilgan.

Achinarlisi, aksariyat holatlarda fuqarolarning oʻzlari jinoyatchilarga osongina aldanib qolib, plastik karta kodini oddiy holda aytib qoʻyish orqali mablagʻlarni topshirishmoqda.

Shu oʻrinda, ayrim fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoqlar orqali tez va qisqa fursatda boyish ilinjida boʻlayotganliklari ham tashvishli holdir.

Buning oqibatida oʻzlari jinoyat qurboniga aylanmoqdalar.

Hurmatli fuqarolar, plastik karta raqamini jinoyatchining aldoviga kirib oshkor qilishingiz, ishonuvchanligingiz, tezroq boylik orttirishga boʻlgan qiziqishingiz bu turdagi jinoyatlarning salmogʻini keskin ortib ketishiga sabab boʻlmoqda.

Shu boisdan ushbu jinoyatlarni oldini olishda,

-birinchidan, plastik karta raqamlarini oshkor qilmaslik,

-ikkinchidan, telefon orqali aloqaga chiqqan har qanday shaxsning soʻziga ishonmaslik lozim boʻladi.

Yoʻl-transport hodisalari boʻyicha:

Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tuman hududida oʻtgan yoʻllar uzunligi 1.121 km. boʻlib, shundan 105 km. mahalliy ahamiyatga ega, 107 km. davlat ahamiyatga ega va 909 km. ichki xoʻjalik yoʻllarini tashkil etadi.

Yoʻllarda 10 ta tezlikni oʻlchaydigan radar va 5 ta qoida buzarliklarni aniqlaydigan foto va video qayd etish kamerasi oʻrnatilgan.

Joriy yilda 15 ta yoʻl-transport hodisalari sodir etilib, ularning barchasi tan-jarohati bilan yakunlangan.

Yoʻl-transport hodisalari 1,6 foizga yoki (14/15 -1 ta) koʻpaygan boʻlsada, lekin bolalar bilan bogʻliq   holatlar teng xolatda (3/3 ta) saqlanib qolgan.

Ayrim haydovchilar yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasliklari, mensimasdan transport vositalarini boshqarishlari, ayrim hollarda esa ota-onalarning oʻzlari voyaga yetmagan farzandlariga transport vositasini boshqarishlariga imkon berayotganliklari ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalarini keltirib chiqarmoqda.

Eng achinarlisi, ayrim fuqarolar moddiy manfaat evaziga voyaga yetmagan maktab oʻquvchilariga oʻzlarining transport vositalarini boshqarish uchun ijaraga berishlari oqibatida mudhish hodisalar kelib chiqmoqda.

 

Yuqoridagi holatlarni oldini olish borasida YHXB tizimi hodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar keng olib borilishi taʼminlanmoqda.

Voyaga yetmaganlar boʻyicha:

Bugungi kunda, tumandagi

-60 ta maktablarda 44.488 nafar,

-4 ta texnikumlarda 2.668 nafar,

-2 ta litseylarda 695 nafar jami 47.851 nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqdalar.

Voyaga yetmaganlarni barkamol inson boʻlib tarbiyalanishlari, davlatimiz siyosatining eng muxim ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Taʼlim muassalari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Lekin, olib borilayotgan ishlar samaradorligi yetarli darajada boʻlmaganligi bois, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyib kelinmoqda.

Jumladan:

3 oy mobaynida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyati (3/2 -1 ta) kamaygan boʻlsada,

Aksariyat oʻquvchilar oʻzlari bilan birga tigʻli jismlarni olib yurishni odat qilib olganlar.

Oʻtkazilgan tadbirlar davomida oʻquvchilardan 10 dona oʻtkir tigʻli buyumlar olingan.

Oʻquvchilarni nazorat qilinmasligi oqibatida dars mashgʻulotlariga qatnashmaslik holatlariga yoʻl qoʻyib kelinayotganligi “Davomat” tadbirlarida maʼlum boʻlgan.

 

Hurmatli tumanimiz fuqarolari,

 

Hurmatli Prezidentimizning 2025-yil 18-mart kungi “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-110-son qarorlari qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan taʼlim muassasalarida oʻquvchilar bilan “Maktab – mahalla – oila” tamoyili asosida ishlash tizimi joriy etildi,

oʻquvchilar oʻrtasida qonunbuzilish va boshqa koʻrinishdagi hulq ogʻishlariga qarshi immunitetni shakllantirish, psixologik ishlash mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, oʻquvchilarda Vatanga sadoqat hissini shakllantirish, maktablarda doimiy ravishda davomatni tekshirish, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish kabi vazifalar yuklatildi.

 

Aziz tumanimiz ahli,

 

Voyaga yetmagan farzandlarimizning maʼnaviy- maʼrifiy saviyasini oshirish, bilim olishlari uchun munosib sharoit yaratish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalarini birgalikda amalga oshirib, manzilli ishlarni tashkil etsak, oldimizga qoʻygan maqsadimizga erishamiz.

Yoshlar boʻyicha:

Xabaringiz bor, oʻtgan davr mobaynida Prezidentimiz tomonlaridan doimiy ravishda yoshlarga katta eʼtibor qaratilib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda barchamizning oldimizga katta masʼuliyatni yuklamoqdalar.

Bugungi kunda tumanimiz aholisining 24 foizi yoki
59.418 nafarini yoshlar tashkil qiladi.

Joriy yilda yoshlar tomonidan 9 ta jinoyatlar sodir etilgan.

Ushbu jinoyatlarning 1 nafari oliy oʻquv yurtlar talabalarini tashkil etishi ham tashvishli holdir.

Yoshlar tomonidan,

-1 ta tovlamachilik,

-3 ta oʻgʻirlik,

-5 ta yoʻl transport hodisasi jinoyatlarga qoʻl urganlar.

Yoshlar, kelajak poydevori tushunchasi bilan qarab, ularning ezgu niyat va orzularini roʻyobga chiqarishga barchamiz masʼul ekanligmizni unutmasligimiz zarur.

Ayollar jinoyati boʻyicha:

3 oy mobaynida xotin-qizlar tomonidan (6/6) teng xolatda jinoyatlar sodir etilgan.

Sodir etilgan 6 ta jinoyatlarda 6 nafar ayollar ishtirok etgan. Ular tomonidan

-1 ta oʻgʻirlik,

-1 ta yoʻl transport xodisasi,

-4 ta qoʻshmachilik, ham tashvishlidir.

Tazyiq va zoʻravonlik:

Soʻngi yillarda xotin-qizlarning faolligini oshirish, gender tengligini taʼminlash, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Albatta, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish borasida asosiy masʼuliyatni ichki ishlar organlar oʻz zimmasiga olgan.

Bugungi kunda tumanda tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 109 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilib, nazoratga olindi.

Tazyiq va zoʻravonliklar,

-98 ta oilada,

-3 ta koʻchalarda,

-8 ta boshqa joylarda sodir etilgan.

Tazyiq va zoʻravonlik natijasida oilaviy (maishiy) zoʻravonlik jinoyati sodir etilmagan.

Bular shuni anglatadiki, ayrim oilalarda hali ham maʼnaviy ruhiy muhit nosogʻlomligicha qolmoqda.

Shuni inobatga olib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizoli oilalarni yana bir bor oʻrganib chiqib, ularning muammolarini manzilli hal etish choralarini koʻrishimiz lozim boʻladi.

Bunda albatta, mahalla masʼullari bilan birgalikda mahallalardagi nuroniy otaxon va onaxonlar oila-qadriyati tushunchasini barcha yoshlarga singdirish borasida muhim rol oʻynashlari kerak.

 

Aziz tumanimiz fuqarolari,

 

Toʻraqoʻrgʻon tumani xududida barchamiz jinoyat sodir etilgandan keyin emas, uni avvaldan oldini olishga alohida eʼtibor qarataylik.

Bugungi kunda tumanimizdagi barcha mahallalarda profilaktika inspektorlari bevosita mahalla yettiligi bilan birgalikda kunu-tun xizmat olib bormoqdalar.

Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarni barvaqt oldini olish masalasi faqatgina davlat idoralarining vazifasi emas, balki butun jamiyatning vazifasi deb qarab, bu masalalarga eʼtiborlik boʻlsak, tuman hududida jamoat xafsizligi ishonchli taʼminlanib, mahallalarda havfsiz muhit yaratiladi, bu bilan oldimizga qoʻyilgan maqsadga erishamiz, xalqimiz bizdan rozi boʻladi.

 

Toʻraqoʻrgʻon tuman prokurori A.Yusupov

 

Text to speech