Namangan viloyati IIB boshlig‘i Namangan shahar yoshlari bilan uchrashdi.
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da shahar hokimi, o‘quvchilar, yoshlar yetakchilari va boshqa masʼul idora vakillari ishtirok yetishdi.
70 nafar yigit-qizlar qatnashgan uchrashuv Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida Polkovnik Shuxrat Aliyev yurtimizda yoshlarning ilm olishi, zamonaviy kasb egasi bo‘lishi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘zlab, bugungi avlod mana shu imkoniyatlardan oqilona foydalanishi, davlat rahbari tomonidan berilayotgan ishonchga munosib kadr bo‘lib yetishishlari lozimligini taʼkidladi.
Yoshlarni bir ezgu maqsad yo‘lida birlashtirish borasida Ichki ishlar tizimi, hokimiyat, yoshlar bilan ishlovchi tashkilot, mahalla, o‘rta va oliy taʼlim muassasalari muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarurligi to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng 8 nafar yigit qiz tomonidan o‘qish shartnoma pullarini to‘lashda, tibbiy yordam uchun, kompyuter qurilmasi olish, imtiyozli kredit, ishga kirish va boshqa masalalarda murojaat kelib tushdi ushbu murojaatlarning 7tasi ijobiy xal etildi. 1 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.
Rahbar va yoshlar uchrashuvi viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.