17 Noyabr 2025 yil
112
Jinoyat sodir etgan shaxs Toshkent shahrida qo‘lga tushdi
Joriy yilning 26-oktyabr kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 184-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Toshkent shahar “Yangihayot” tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan X.A.ni Toshkent shahar IIB va Uchqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahar Mirobod tumani hududidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati