11 Avgust 2021 yil 358

Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent shahridan ushlandi.

2021 yil 9 avgust kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 137-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 2-qismlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2017 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi, 2019 yilda O‘z.R JKning 176-moddasi 2-qismlari bilan sudlangan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroni Namangan viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Toshkent shahar Mirobod tumani hududidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech