13 Aprel 2021 yil 200

YTHda yo‘lovchi jarohat oldi.

Joriy yil 12 aprel' kuni soat 22:40 larda, Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on yo‘lining 16 km.da, Kosonsoy tumani Bog‘ MFY hududida Damas rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi orqali boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetiga chiqib ketib, archa daraxtiga urilgan.
Natijada, avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi bosh miya chayqalishi, o‘ng umrov suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech