10 Oktyabr 2020 yil 507

YTHda VAZ-2101 haydovchisi jarohat oldi

2020 yil 12 sentyabr' kuni soat 21:40 larda, Kosonsoy-Iskovot yo‘lining 1 km.da, Kosonsoy tumani Jar MFY hududida, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro, Pop tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaroni nomida bo‘lgan VAZ-2101 rusumli avtomashinasini ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, asosiy yo‘ldan ikkinchi darajali yo‘lga burilayotgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Gaz-3102 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, VAZ-2101 rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ng oyoq son suyagini yopiq siljib sinishi, pastki jag‘ sohasini yirtilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 9 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech