YTH oqibatida yuk mashinasining yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Shu yil 26 sentyabr' kuni soat 23:45 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 272 km.da, MAN rusumli yuk avtomashinasini ishonch qog‘ozi bilan Toshkent-Vodiy yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib kelayotgan, Damas rusumli avtomashina orqa qismiga urilshi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomoniga o‘tib, ag‘darilib ketgan.
Natijada, MAN rusumli yuk avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. yuk avtomashinasi haydovchisi bosh miya chayqalishi, o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi va Damas rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq shikasti tashxislari bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 27 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati