15 Sentyabr 2020 yil 641

YTH oqibatida 9 yoshli qizcha halok bo‘ldi.

Joriy yil 14 sentyabr' kuni soat 10:30 larda, Kosonsoy-Namangan yo‘lining 16 km.da 20 yoshli yigit o‘zining nomida bo‘lmagan VAZ-2107 rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli qizaloqni urib yuborgan.

Natijada, piyoda og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Hozirda holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech