17 Iyul 2021 yil 344

Yo‘lovchi haydovchining telefonni o‘g‘irlab ketdi.

Shu yil 15 iyun' kuni, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 23 mart kuni Lasetti rusumli avtomashinasida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaroni Farg‘onadan Namangan shahriga olib kelganligini, Namangan shahar Davlatobod tumani “Aynur” oshxonasi oldida, ushbu yo‘lovchi fuqaroning ishonchiga kirib, telefonidan qo‘ng‘iroq qilib olishini aytib, aldab, narxi 2.800.000 so‘mlik “Redmi 8” rusumli uyali telefon apparatini olib ketib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech