25 Noyabr 2021 yil
577
Yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda YTH qurboni bo‘ldi
2021 yil 19 noyabr' kuni soat 23:30 larda, Pop-Navbahor yo‘lining 34 km.da, Yangi Xo‘jaobod MFY hududida, Pop tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Pop tumanida yashagan, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 20 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati