7 Sentyabr 2021 yil 364

Yo‘lakda qoldirilgan velosiped o‘g‘irlandi.

2021 yil 6 sentyabr' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 31 avgust kuni soat 15:30 larda noma'lum shaxs, yashash uyi o‘tish yo‘lagida bo‘lgan narxi 700.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Pop tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech