27 Oktyabr 2020 yil 486

Yo‘l transport hodisasida piyoda jarohat oldi.

Shu yil 18 oktyabr' kuni soat 09:30 larda Chust tumani Mehnatobod MFY hududida Lasetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan ayol harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, chap qo‘l tirsak suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech