16 Mart 2021 yil
375
Yo‘l transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo‘ldi.
Joriy yil 9 mart kuni soat 05:30 larda, A-373 Toshkent-O‘sh yo‘lining 279 km.da ISUZU rusumli yuk avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 1950 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati