31 Mart 2021 yil 218

Xonadonga tushgan o‘g‘ri qamoqqa olindi.

Joriy yil 29 mart kuni viloyat IIB TEKKB TXTB O‘MIB tezkor vakili hamda To‘raqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 20 mart kuni soat 09:00 dan soat 10:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlardan biriga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonadagi shkaf tortmasida bo‘lgan narxi 2.000.000 so‘mlik ayollar tilla zanjiri, narxi 5.000.000 so‘mlik 3 dona ayollar tilla uzugi, 200 AQSh dollari va 1.400.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan shaxs Uychi tumanida yashovchi shaxs ekanligi aniqlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech