Xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga chora ko‘rilmoqda.
“Youtube” ijtimoiy tarmog‘ida “Nanay postida katta janjal! Haydovchi chidab tura olmadi” nomli viderolik yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.
Videotasvirda Yangiqo‘rg‘on tumani, “Qizilyozi” MFY xududidagi “Qizilyozi” blok postida xizmat olib borayotgan Namangan viloyati IIB YHXB inspektori B.Muradov tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumani “Namuna” MFYda yashovchi I.H boshqaruvidagi “Kobal't” rusumli 50 973QAA davlat raqamli avtomashina nazorat tartibida to‘xtatilganligi, hamda I.X. 9201-sonli harbiy qism 8-sonli chegara posti harbiy xizmatchisi oddiy askar U.Fayzullaev va YHXB inspektori B.Muradovlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, jamoat joyida huquq-tartibot idora xodimlarini haqorat qilganligi aks ettirilgan.
Mazkur holat yuzasidan 9201-sonli harbiy qism 8-sonli chegara posti harbiy xizmatchisi oddiy askar U.Fayzullaevning bildirgisi asosida Yangiqo‘rg‘on tumani IIB HPMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish davomida quyidagilar ma'lum bo‘ldi. I.H. va uning o‘g‘li O.G‘.lar joriy yilning 1 iyun' kuni soat 22:00larda Yangiqo‘rg‘on tumani “Qayroqi” MFYda yashovchi R.B.ni o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomashinaga majburlab chiqarib, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan holda tan jarohati yetkazishgan. Natijada R.B. holat yuzasidan I.H. va O.G‘.larga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, tuman IIBga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.
Yangiqo‘rg‘on tumani TTBning 01.06.2021 yildagi dastlabki ma'lumotnomasida R.B.ning badanida, bo‘yin qismi o‘ng tomonida qizg‘ish tusdagi shilinmalari, quloq qismining ko‘kargan va pardasining yirtilgan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.
Ayni paytda ariza yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB HPMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
I.G‘.ning sodir etgan jinoiy xatti-harakatlari, hamda chegara blok postida xuquq-tartibot idoralari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183 (mayda bezorilik), 194 (Milisiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 195 (Milisiya xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish), 196 (xuquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan milisiyaning yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik)-moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi, hamda sodir etgan jinoiy xatti-harakatlarida, hamda ekspertiza xulosasi asosida JKning 277(bezorilik)-moddasida ko‘rsatilgan javobgarlik alomatlari mavjudligi sababli ushbu moddalar asosida javobgarlikka tortilishi rejalashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati