8 Fevral 2021 yil 1789

Velosipedni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi.

Shu yil 6 fevral' kuni Uychi tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 5 fevral' kuni soat 15:30 larda yashash uyida hech kim yo‘qligi va darvoza eshiklari ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, darvozaxonasida bo‘lgan narxi 500.000 so‘mlik “Ural” rusumli velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Uychi tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB TP profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech