8 Iyul 2021 yil 388

Va'dasida turmagan xaridor.

2021 yil 2 iyul' kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan ayol va Mingbuloq tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil mart oyida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ularni ishonchiga kirib, 1970 yilda tug‘ilgan ayoldan Neksiya rusumli avtomashinasini 4.300 AQSh dollariga sotib olishga keshib, 2.900 AQSh dollari berib, 1.400 AQSh dollarini hamda 1995 yilda tug‘ilgan fuqarodan Neksiya rusumli avtomashinasini 6000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 4400 AQSh dollarini berib, qolgan 1.600 AQSh dollarini bermayotganligin ma'lum qilib, chora ko‘rishini so‘raganlar.

Ushbu holat buyicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech