17 Mart 2021 yil 368

Uyning omborxonasidan “Marixuana” topildi.

Joriy yil 7 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPB profilaktika inspektori tomonidan, Pop tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, omborxonasidan qog‘ozga o‘ralgan o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 1,58 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 mart kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech