14 Aprel 2021 yil
385
Uyida qimorxona tashkil qilgan shaxsga qonuniy chora ko‘rildi.
Joriy yil 2 aprel' kuni soat 17:00 larda, Uychi tumanida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro g‘arazli va past niyatlarda, 4 nafar tanishlariga tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yini o‘ynashlari uchun yashash uyida sharoit yaratish bilan birga o‘zi ham ular bilan pul tikib qimor o‘ynaganligi tuman IIB xodimlari tomonidan aniqlangan va voqea joyidan daliliy ashyolar olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati