29 May 2021 yil 217

Uyida 22 tup “Ko‘knor” o‘simligi yetishtirayotgan shaxs ushlandi.

Shu yil 25 may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Pop tuman IIB JQB xodimlari tomonidan shu tumanda yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganida, hovlisidagi ekinlari orasida
22 tup ko‘knor o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simlik tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko‘knor” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech