19 Iyul 2021 yil 328

Uychilik fuqaro Davlatobod tumanida velosiped o‘g‘irladi.

2021 yil 16 iyul' kuni, Davlatobod tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 16 iyul' kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs, darvozaxonasidan narxi 800.000 so‘mlik velosepedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech