22 Fevral 2023 yil 782

Uychi tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari hamda Yoshlar ishlari agentligi Uychi tuman bo‘limi boshlig‘i 3 sektor hududida yashovchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yoshlar tomonidan turli mazmundagi 5 ta murojaat kelib tushdi.

Ushbu murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 nafar yoshning murojaati yuzasidan tushuntirish ishlari berildi. 2 nafar yoshning murojaati qo‘shimcha o‘rganish talab qilganligi bois ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuvda yoshlarning murojaatlarini hal etish uchun tuman mutasaddi tashkilot vakillari hamda sektor shtabi ishchi guruhi ishtirok etdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech