31 Oktyabr 2020 yil
537
Umra safariga jo‘natishni va'da qilgan fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Shu yil 15 oktyabr kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil fevral' oyida Namangan shahridagi aviakassalardan birida ishlovchi shaxs uning ishonchiga kirib, o‘zini va ota-onasi hamda turmush o‘rtog‘ini “Umra xaj safariga” yuborishini aytib, 12.950 AQSh dollarini olib, hozirgi kunga qadar aldab kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati