Uyni tunagan o‘g‘ri ayol kishi bo‘lib chiqdi.
2020 yil 28 dekabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 11:30 larda xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, narxi 1.300.000 so‘mlik “Vesta” rusumli televizorini, 1.100.000 so‘mlik tovarlari, 750.000 so‘mlik drel' va bolgarkasini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati