1 Iyul 2023 yil 204

Uyini qimorxonaga aylantirgan fuqaro aniqlandi

2023-yil 17-iyun kuni Chortoq tuman IIB xodimlari tomonidan Chortoq tumanida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida 5nafar mahalladoshlariga qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.Ashyoviy dalil 36 dona o‘yin kartalari va 490.000 so‘m pul olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB TB tomonidan JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech