Uychi tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati
Hurmatli tumanimiz aholisi, qadrli nuroniylar, jamoat tashkilotlari masʼullari!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita
rahbarliklarida barcha sohalarda islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka
qarshi kurashish umummilliy dolzarb
vazifaga aylandi.
Uychi tumanida ham tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning
yangi mexanizmlari joriy
etilyapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham koʻrinayapti,
jinoyat uchun jazo muqarrarligini taʼminlash vazifasi qanchalik muhim boʻlsa,
uni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni bartaraf qilish ham birdek
muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir koʻchasida, mahallasida, bozorida,
istirohat bogʻida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari
koʻrilmoqda.
Aziz hamyurtlar!
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni oʻz
oldimizga qoʻyganmiz.
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda
Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarorlari ijrosiga asosiy eʼtibor
qaratganmiz.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning
erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi mexanizm joriy etildi, tuman prokurori rahbarligida tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtabi
faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 56 ta mahallaning kriminogen
vaziyati ogʻir, 7 tasiga masʼul
rahbarlar nomma-nom biriktirildi. Barcha mahallalarning choraklik manzilli
chora-tadbirli yoʻl xaritalari ishlab
chiqildi.
Yoʻl xaritalari ijrosi yuzasidan ikkinchi chorakda
mahallalarda aholi gavjum joylarda 150
ta, koʻp qavatli uylarning hovlisiga 360 gradus aylanuvchi 3 ta, mahallalarning asosiy
kirish-chiqish joylariga 40 ta,
bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 4 ta, maktab va maktabgacha taʼlim
muassasalarining kirish-chiqish joylariga, ochiq sport maydonlariga 23 ta, jami 220 ta PTZ va oddiy kameralar, koʻp qavatli uylarning
eshiklariga 49 dan ortiq
damafon, uylarning kirish yoʻlaklariga 200
dan ziyod tashvish tugmalari oʻrnatildi.
Mahallalardagi koʻp qavatli va yakka tartibdagi 200 dan ortiq xonadonlar Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmat
tomonidan tezkor qoʻriqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon qoʻriqlovda!” kabi jami 250 ga yaqin stikerlar
joylashtirildi, mahallalarda 24 ta
“namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda
60 ta “namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki yoʻllar va
koʻchalar 250 ta yoritish
vositalari bilan taʼminlandi.
Albatta bu oʻzining ijobiy
samarasini koʻrsatmoqda.
Masalan, yil boshidan beri tumanda
oʻrnatilgan kameralar yordamida qidiruvda
yurgan 6 nafar jinoyatchi ushlandi. Shuningdek, bedarak yoʻqolgan
4 nafar shaxs topilib, 15 ta jinoyat “issiq izi”dan fosh etildi.
Amalga oshirilgan chora — tadbirlar natijasida “qizil”
toifada qolgan 8 ta mahallaning 5 tasida kriminogen vaziyat saqlanmoqda.
Davlat rahbarining Qaroriga asosan hududlarda kriminogen
vaziyat hamda jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha kunlik soʻrov va oʻrganishlarni
yoʻlga qoʻydik.
Bunda, kriminogen vaziyati
ogʻir mahallalarning jinoyat oʻchoqlari joyida
oʻrganilmoqda, misol uchun, tuman
mahallalarida sodir etilgan 73
ta oldini olish mumkin boʻlgan jinoyat sababi tahlil qilinib, tegishli
prokuror taʼsir choralari qoʻllanildi.
Eʼtibor berishingizni
istardim. Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik hisobot uchun qilinayotgan
ishlar emas.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini
inobatga olgan holda, 2 — chorak
uchun yoʻl xaritalari ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaviy
holatlarni bartaraf etish boʻyicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy
etdik.
Bu borada viloyat prokurorining
farmoyishi qabul qilinib, barcha tezkor xodimlar 56 ta mahallaga nomma–nom
biriktirildi.
Har bir
sohaga doir targʻibot ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab
chiqdik va tarqatdik.
Endilikda, biriktirilgan
xodimlarimiz jinoyatlarning omil va
sabablarini oʻrganishdan tashqari oʻsha hududda
amaliy tadbirlarni ham
oʻtkazadi.
Biz muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla
prokurori” degan yondashuv
bilan ishlamoqdamiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik
va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi,
jinoyatchilikka qarshi
kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning oʻtgan davrida 20 dan ortiq oʻrganish oʻtkazilib, 70 dan ortiq fuqaroning buzilgan
huquqi tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.
Ikkinchi,
huquqni
muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi
ham koʻproq eʼtibor berishi lozim boʻlgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak
boʻlgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat
qaratmoqchiman.
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar
koʻproq pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yoʻllarini
ham oʻylab topmoqdalar.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va
oʻgʻrilik jinoyati oshayotgani ham bunga
yaqqol misol boʻladi.
Firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari
aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari
orqali sodir etilayotganligi tashvishli
holdir.
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston huquq
idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmogʻi
ortishi anchagina
tashkiliy choralar koʻrishni taqozo etdi.
Maʼlumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 46.6 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar tashkil etmoqda.
Misol uchun, joriy yilning oʻtgan
davrida birgina plastik kartadan pul mablagʻlarini yechib olish holati
yuzasidan 104 ta jinoyat ishi
qoʻzgʻatildi.
Oqibatda esa, fuqarolarga 400 mln. soʻmga yaqin zarar
yetkazilgani aniqlandi.
Kiber makonda
sodir etilgan jinoyatlarning 47 tasi yoki 44.3 foizi firibgarlik hamda 57 tasi yoki 53.7
foizi oʻgʻrilikni tashkil qilgan.
Soʻnggi
yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir
necha baravarga koʻpaydi.
Ilgari bunday
jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim boʻlmagan. Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni
boʻlmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk
xabarlardan ehtiyot boʻlishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari
toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir
saqlashni soʻrab qolamiz.
Aziz tumanimiz
aholisi!
Shu oʻrinda, kriminogen vaziyatga taʼsir koʻrsatuvchi
jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 5 oyi yakuniga koʻra, umumiy jinoyatchilik 116 taga yoki 105,5 foizga (110-216), shu jumladan
qasddan badanga ogʻir tan jarohati yetkazish 1 taga yoki 100,0 foizga (1-2),
bezorilik 4 taga yoki 133,3 foizga (3-7), oʻlim bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl
transport hodisasi 1 taga yoki 50,0 foizga (2-3) oshgan.
Xususan,
oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzarliklarga oilaviy — maishiy muammolar asosiy sabab boʻlganligi aniqlandi.
Shu
sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf
etish boʻyicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada,
oʻtkazilgan oʻrganishlarda kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda 554 ta ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qiz aniqlanib, ularning muammolarini
hal qilish boʻyicha 107 ta chora
koʻrildi.
Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat
ishi deb yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar
profilaktik (davomat, tigʻ va reyd)
tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 332 nafar bola, muntazam dars qoldiruvchi 35 nafar, tarbiyasi ogʻir 92 nafar oʻquvchi aniqlandi. Ularning 150 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan
birgalikda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan
bolalarning 10 dan ortiq muammosi hal qilindi.
Tarbiya masalalariga eʼtiborsiz qaralgan vaziyatda
yuzaga keladigan koʻngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli
oqibatlar ham barchamizga ayon. Tarbiya masalalari bilan har daqiqada
shugʻullanish zarur.
Shu oʻrinda ota-onalarga
murojaat qilamiz! Farzandingiz kelajagi uchun befarq boʻlmang! Ularning boʻsh
vaqtini mazmunli oʻtkazishi, bilim olishi, kasb-hunar egallashiga sharoit
yaratib bering va kundalik nazoratni boʻshashtirmang! Unutmang, har bir
bolaning kelajagi ham birimiz uchun muhimdir.
Hurmatli fuqarolar !
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari
ham koʻrilmoqda. Zero, sir emas korrupsiya har bir sohaning rivojiga toʻsiq boʻlmoqda.
Shu sababli, korrupsiyaning
har qanday koʻrinishiga barham berish yoʻlida qatʼiy murosasiz kayfiyatni
shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun Uychi ahlidan oʻz hissangizni qoʻshishga chaqiraman.
Prezidentimiz talab
qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari
emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni
bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb
xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun, har bir
mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni
kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan
uchrashuvlar oʻtkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy
qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga
sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal
qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar !
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari,
koʻmak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday koʻrinishiga chek
qoʻyishga kafolat beradi.
Shunday ekan, aholi va keng
jamoatchilikni jinoyatlarning oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol
hamkorlikka chaqiramiz.
Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarni
fosh etilishi va oldi olinishida
xalqimizdan masʼuliyat, tashabbuskorlik hamda
daxldorlik hissi bilan
yondashishni soʻrayman.
Shuni yana bir bor alohida qayd
etamanki, jinoyatning har qanday koʻrinishiga tezkor ravishda munosabat
bildirishga, jinoyatga qoʻl urganlarga nisbatan jazoning muqarrar
taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Uychi tuman prokurori B.T.Mutalliyev