27 Iyun 2025 yil 385

Uchqoʻrgʻon tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati

Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar  amalga  oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin o‘sib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham bo‘lmoqdamiz.
Prezidentimiz ana shu yangilanish, o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.

Aziz Uchqo‘rg‘on tuman ahli!

“Yangi O‘zbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Uchqo‘rg‘on tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir ko‘rsatadi, uning o‘ziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham ko‘rinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir ko‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko‘rilayapti.

Qadrli yurtdoshlar !

Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Qarori asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etildi, mening rahbarligimda tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 64 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 6 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan.
Barcha tuman va mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirlar “yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.
“Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum joylarga 146 ta, ko‘p qavatli uylarning hovlisiga 360 daraja aylanuvchi 5 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 43 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 4 ta, jami bo‘lib 236 ga yaqin kameralar, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 69 dan ortiq domofonlar, uylarning kirish yo‘laklariga 6 dan ortiq tashvish tugmalari o‘rnatildi, 46 ta savdo muassasalari va qariyb 101 ta xonadonlar tezkor qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami 350 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 16 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” hamda 48 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak” tashkil etildi, ichki yo‘llar va ko‘chalar 114 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Misol uchun, yil boshidan beri tumanda o‘rnatilgan kameralar yordamida qidiruvda bo‘lgan 2 nafar, jazodan bo‘yin tovlab kelayotgan probatsiya hisobidagi 1 nafar shaxslar hamda olib qochilgan 2 ta transport vositalari ushlandi. Shuningdek, bedarak yo‘qolgan 1 nafar shaxslar topilib, 6 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida “qizil” toifada qolgan 7 ta mahallalarning 2 tasida kriminogen vaziyat saqlanmoqda.
Qarorga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlarni yo‘lga qo‘ydik.
Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 53 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari qo‘llanildi.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 2-chorak uchun yo‘l xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.
Bu borada viloyat prokurori farmoyishi qabul qilib, barcha tezkor xodimlar 64 ta mahallalarga nomma-nom biriktirildi.
Har bir sohaga doir targ‘ibot ishlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilib, tarqatildi.
Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini o‘rganishdan tashqari o‘sha hududda amaliy tadbirlarni ham o‘tkazadi.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla  prokurori”  degan yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning 2-choragida 28 ta o‘rganishlar o‘tkazilib, 61 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.
Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham ko‘proq eʼtibor berishi lozim  bo‘lgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak bo‘lgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat qaratmoqchiman.
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar ko‘proq pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yo‘llarini ham o‘ylab topmoqdalar.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli holdir.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmog‘i ortishi anchagina tashkiliy choralar ko‘rishni taqozo etdi.
Maʼlumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 40,7 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda. Misol uchun, joriy yilning o‘tgan davrida birgina plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish holatlari yuzasidan 89 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 89 tasi yoki 1012,5 foizi firibgarlik hamda 1 tasi yoki -66,7 foizi o‘g‘rilikni tashkil qilgan.
So‘nggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga ko‘paydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bo‘lmagan.
Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bo‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to‘g‘risidagi   maʼlumotlarni sir saqlashni so‘rab qolamiz.

Aziz tumandoshlar!

Shu o‘rinda, kriminogen vaziyatga taʼsir ko‘rsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 6 oyi yakuniga ko‘ra, yoshlar (7-10), ayollar (2-1), ishsizlar (3-1), mast holda (0-2), muqaddam sudlanganlar (2-4) , voyaga yetmaganlar (0-3) jinoyatini kamaytirishga erishgan bo‘lsakda, guruhlar (1-6) jinoyati teng ko‘rsatgichda qolgan esa biroz oshgan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzarliklarga oilaviy-maishiy muammolar asosiy sabab bo‘lganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, o‘tkazilgan o‘rganishlarda kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda 178 ta ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha 167 ta choralar ko‘rildi.
Bulardan tashqari, 4.781 nafar ishsizlardan 3.115 nafari ishga joylashtirildi, 447 nafari kasbga o‘qitildi, 817 nafari esa, kasbga yo‘naltirildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.
Ularning 3 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 6 nafarining bandligi taʼminlandi, 21 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora bo‘lib, jinoyatlarning sabab va omillarini ko‘zdan qochirsak oqibati yomon bo‘ladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va o‘qish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi kuchaytirildi.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat, tig‘ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 280 nafar bolalar, muntazam dars qoldiruvchi 45 nafar, tarbiyasi og‘ir 41 nafar o‘quvchilar aniqlandi. Ularning 52 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda boquvchisini yo‘qotgan bolalarning 7 ta muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 20 ta zamonaviy kameralar o‘rnatildi.
Tahdidlardan yana bittasi, bu voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalaridir.
Bu yo‘nalish bilan bog‘liq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.
Raqamlarga qarasak, ohirgi ikki yilda qariyb 1 ta holatda (2023 y. 1 ta, 2024-2025yillarda sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan) voyaga yetmaganlar transport vositalarini olib qochib, yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan.
Umuman olganda yo‘l-transport hodisalari oqibatida o‘tgan 2023 yilning o‘zida voyaga yetmaganlarning 2 nafari og‘ir tan jarohati olgan.
Shuning uchun biz bu borada keng qamrovli tadbirlarni belgilab oldik.

Hurmatli fuqarolar!

Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.

Aziz hamyurtlar!

Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, ko‘mak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

Uchqoʻrgʻon tuman prokurori M.Siddiqjonov

Text to speech