Uch yigit bir bosh molni o‘g‘irladi.
2021 yil 7 sentyabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 8 avgust kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan o‘ziga qarashli dala maydonida qarovsiz qoldirgan narxi 5.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB boshlig‘i va JQB katta tezkor vakili hamda HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998, 1999 va 2002 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati